So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

01 may 18:26
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosov Milliy olimpiya qo'mitasida Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Bugun, 1 may kuni Rio 2016 Olimpiya o'yinlari kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni SHahram G'iyosov Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi.

Mashhur bokschimiz ushbu tashrifi davomida Umid Ahmadjonov qabulida bo'ldi. Uchrashuv davomida MOQ rahbari SHahramni 2020 yili Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida ko'rmoqchi ekanligi haqida gapirdi.

«SHahram, seni bekorga okean ortiga, uzoq Amerikaga qo'yib yuborganimiz yo'q. CHunki, sen havaskor bokschi qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan deyarli barcha sovrinni yuta olding. Bugungi kunda o'z vazn toifangda yurtimizdagi eng kuchli bokschisan. Mamlakatimizda senga teng keladigan raqib yo'q. Endi AQSHda kuchli bokschilarga qarshi janglarda mahorat oshirib, 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida terma jamoa safida bo'lishing shart. Seni aynan shu niyatda u erga qo'yib yuborganmiz. SHuni bilginki, Milliy olimpiya qo'mitasi seni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi. Jahonning eng yirik arenalarida zafar quchib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarishing uchun barcha sharoitni yaratib beramiz», – dedi Umid Ahmadjonov.


O'z navbatida SHahram G'iyosov ushbu etibordan xursand ekanligi haqida gapirdi.

«Menga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun qo'ldan kelganicha harakat qilaman. Sizning, qolaversa Milliy olimpiya qo'mitasining ushbu etiboridan xursand bo'ldim. O'z natijalarim bilan O'zbekiston bayrog'ini yuqori ko'tarishda, yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitishda qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman», – dedi SHahram G'iyosov.


Uchrashuv yakunlangach SHahram G'iyosov Milliy olimpiya qo'mitasi rasmiy saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

-Ayni paytda O'zbekistonda sportchilarga etibor kuchaygan. Biz uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. O'z navbatida menga ham zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanliklarini malum qilishdi. Rahbariyat sportchilarimizni yangi darajaga ko'tarish niyatida. Bundan biz juda xursandmiz. CHunki, bunday etibor har doim ham bo'lavermagan. Endi biz shunga yarasha mehnat qilamiz. Ortimizda butun o'zbek xalqi turganini sezib turamiz. Bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi. Uchrashuv davomida Umid Mahamadjonovich rag'bat haqida gapirib o'tdilar. Endi natija qay darajada yuqori bo'lsa, rag'bat ham shunga yarasha bo'lar ekan.

-Odatda bokschilar professional ringga o'tganidan so'ng ko'pchilikni nazaridan chetda qoladiganidek tasavvur uyg'onadi. Masalan, havaskor boksda Olimpiya o'yinlari yoki jahon chempionatlarida muvaffaqiyatga erishgan sportchilar doimo mutaxassislar, muxlislar, matbuot diqqat markazda turadi. Barcha ularni qo'llab-quvvatlaydi. Ammo, professional boksga o'tganidan so'ng omma fikricha, «u ko'proq pul topish maqsadida xorijga jo'nab ketdi» degan tasavvur uyg'onardi. Bugun Umid Mahamadjonovich bilan uchrashgandan so'ng bu borada qarashlar o'zgarganini sezdingizmi?

-O'zgarishlar katta. Biz professional boksga o'tdik. Bilasiz, barcha joyda daraja, saviya turlicha. Masalan, men Jahon va Osiyo chempioni bo'ldim, Olimpiadada kumush medal sohibiga aylandim. Xudoga shukr, havaskor boksda qo'lga kiritilishi mumkin bo'lgan deyarli barcha medallarga sazovor bo'ldim. O'z maqsadimga erishganimdan so'ng menga yangi chaqiruvlar, yangi marralar kerak edi.

Bungacha professional boksda O'zbekistondan mutloq jahon chempioni chiqmagan. Men aynan shuni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman. SHukrki, o'z oldimga qo'ygan maqsadlarimga birma-bir erishib kelyapman. Navbatdagi maqsadim – professional boksda O'zbekistonimiz bayrog'ini ko'tarib, mutloq jahon chempioni bo'lish.

Avvallari, xorijiy mamlakatlarda O'zbekistonni Pokiston, Afg'oniston kabi mamlakatlar bilan adashtirishardi. Hozir esa AQSHda o'zbek ekanligimni ko'rib, menga qarab «Rio de-Janeyro?» deyishyapti. Men ham buni tasdiqlayman. Riodagi natijalarimiz sabab bizni shu tarzda taniy boshlashdi. Endi O'zbekiston deganda kuchli-kuchli sportchilar, mutloq jahon chempionlari bor mamlakatni bilishsin.

-Bugungi uchrashuvda, MOQ rahbari sizni Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga taklif qildi. SHahsan o'zingizda yana bir marotaba Olimpiadada ishtirok etib, endi kumush emas, oltin medalga ega chiqish orzusi bormi? Umuman bu taklifga qanday munosabat bildirasiz?

-Rostini aytsam Olimpiya o'yinlaridan so'ng darhol professional boksga o'tish niyatim bor edi. Rioda kumush medalni qo'lga kiritganimdan keyin, «Men mag'lub bo'ldim, endi jahon chempionatida oltin medal olishim kerak, keyin prof ringga o'tsam bo'ladi» degan qarorga keldim. Navbatma-navbat Osiyo, keyin Jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandim. Umid aka bilan gaplashib, menda o'zimga bo'lgan ishonch yanada ortdi, dalda, niyat paydo bo'ldi. U kishi meni qo'llab-quvvatlashini malum qildi. Endi men AQSHda mahoratimni oshiraman. Bu taklif men uchun baxt desam ham bo'ladi. Riodagi Olimpiya o'yinlaridan so'ng Toshkentga etib kelganimizda yuzaga kelgan muhitni eslasam, yana bir marotaba Olimpiadada ishtirok etish niyati paydo bo'lmoqda (kuladi). Bundan juda xursand bo'ldim va albatta taklifni bajonidil qabul qilaman.


-Bu promouterlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomangizga mos keladimi?

-Men O'zbekistondan ketishimdan oldin, MOQ va boks federaciyasida Olimpiya o'yinlarida mendan yana medal kutishlarini aytishdi. SHu sababli, professional shartnomamga Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish bandini kiritdim. Osiyo va Jahon chempionatida qatnasha olmayman. Ammo, Olimpiadaning licenzion musobaqasida ringga chiqib, yo'llanma qo'lga kirita oladigan bo'lsam, Tokioga borish imkoniyati menda bor.

-Navbatdagi rejalaringiz qanday?

-Endi 25 may kuni AQSHga jo'nab ketaman. 3,5 yilga viza olib, iyul oyida navbatdagi jangimni o'tkazaman. Hozircha raqibim nomalum. Promouter, menejerlarim bilan navbatdagi raqiblarni ko'rib chiqyapmiz. Bizda tanlash imkoniyati bor. Menga mos keladigan raqib izlanmoqda.

-Murodjon Ahmadaliev bilan bir jamoadamisizlar?

-Ha, ikkimizning menejerimiz ham, promouterimiz ham bir. Uning hisobida ham ayni paytda ikkita jangdan so'ng ikkita g'alaba bor. Takliflar ham ko'p. Uchinchi jangimiz ham bir kunda o'tkaziladi.

-SHahram, sizni Milliy olimpiya qo'mitasida ko'rib xursand bo'ldik. Faoliyatingizda sizga omad, g'alaba va zafarlar tilab qolamiz. Albatta, o'zingiz yuqorida aytib o'tgan niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshmiz. Sog' bo'ling!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing