20 okt 11:05
Yangiliklar

SHahram G'iyosov: U bilan oxirgi marta 2017 yilda jang qilgandik, endi navbat Serbiya-2021`ga
Xabaringiz bor, boks terma jamaomiz ayni kunlarda «Yangiobod» sport bazasida Kuba terma jamoasi bilan birgalikda mashg'ulot olib bormoqda. Serbiyadagi Jahon chempionatida -71 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan yulduzimiz - SHahram G'iyosov Instagram tarmog'iga yangi surat joyladi. Fotoda sparringdan keyingi G'iyosov va uning azaliy raqibi Roniel Iglesias, murabbiy Ravshan Xodjaevni ko'rish mumkin.
«Bugun azaliy raqibim va do'stim Roniel Iglesias bilan sparring jang o'tkazdik. U bilan oxirgi marta 2017 yilgi Jahon chempionatida jang qilgan edik. Endi navbat Serbiya-2021`ga», - deya izoh yozgan SHahram surat ostiga.
Eslatib o'tamiz, ikkala raqib o'zaro uch marta to'qnash kelgan. Ilk bor Rio Olimpiadasidagi uchrashuvda SHahram g'olib bo'lgan, ikkinchi bor 2017 yil WSB'da hisob tenglashgan va uchinchi marta xuddi shu yili Jahon chempionatida yana G'iyosovning qo'li baland ko'tarilgan.
Fikrlar