03 may 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va Elnur Abduraimov jang qiladigan oqshomning “Co-main event” jangi bekor bo'ldi
Xabaringiz bor, 7 may kuni Las-Vegas shahrida yarimog'ir vazn toifasida WBA kamari sohibi Dmitriy Bivol va supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares ringga ko'tariladi.
“Co-main event” jangida Filip Xrgovich va Jiley Jang o'zaro bahs olib borishi lozim edi. Biroq kechaga to'rt kun qolganida xorvatiyalik jangchining shaxsiy sabablariga ko'ra, jang bekor bo'ldi. Tashkilotchilar Jang uchun boshqa raqib izlashni boshlab yuborishgan.
Eslatib o'tamiz, bu oqshomda hamyurtlarimiz SHahram G'iyosov va Elnur Abduraimovlar ham ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar