So’nggi yangiliklar

15:12Тожикистонлик спортчи Бенеил Дариушни жангга чорлади 0 14:30ФИФА атрофида машмаша: Инфантино 30 миллион долларлик маошни кўзлаган 0 13:56Махачев: "Мени мағлуб этиш мумкин, аммо…" 0 13:28Гулруҳбегим Тохиржонова "Granada Chess Open 2026" турнири ғолибига айланди 0 12:43WBA рейтинги янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи, Абдуллаев илк бор рейтингга кирди 0 12:11"Реал"нинг янги трансфери барбод бўлиш мумкин. Нега? 0 11:25WBO Бектемир Мелиқўзиевнинг вазнига ўтган Жанибек Алимханулини рейтингининг юқори поғонасига жойлади 0 10:49Акбар Исломбоев LFA 240 турнирида жанг қилади. Рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 10:10Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 09:44Суперлига. Бугун бизни 3 та қизиқарли учрашув кутмоқда 0 09:07Авазбек Холмирзаев: "Чемпионлик камаримни йўқотгандан кўра ўлганим афзал" 0 08:29Canadian Open. Камилла Раҳимова машҳур Винус Уильямсга имкон қолдирмади 0 07:57Ислам Махачев Иан Гаррини нечанчи раундда мағлуб этишни режалаштираётганини айтди 0 17:09"Барселона" "Манчестер Сити"га 8 млн евро тўлашига тўғри келади 0 16:42Дана Уайт Усман Нурмагомедовни UFC'га жалб қилиш ҳақидаги саволга битта сўз билан жавоб берди 0

08 jan 10:05
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosovdan qochayotgan Romero turli bahonalarni ro'kach qilishda davom etmoqda

Yarim o'rta vazn toifasida amaldagi WBA chempion Rolando Romero o'z kamarini majburiy davogar SHahram G'iyosovdan himoya qilishi kerak.

Rolando avvalroq charm qo'lqop ustamizni tanimasligini aytib, butun dunyoni ajablantirgan edi. U bu safar nima uchun o'z vaznida yangi WBO chempioni Devin Xeyni bilan birlashiruvchi chempionlik jangida ringga chiqishni istamayotganini tushuntirdi. 

O'tgan yilning may oyida Romero Rayan Garsiyani mag'lubiyatga uchratib, WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgandi. Xeyni noyabr oyida Saudiya Arabistonida o'tgan turnirda Brayan Normanni taslim etib, WBO chempioniga aylangan edi.

"Devin meni jangga chaqirmadi, - dedi Romero Fight Hub TV kanaliga bergan intervyusida. - Rayan bilan jangdan keyin nega meni jangga chaqirishmadi? Norman bilan jangdan keyin nega meni jangga chaqirishmadi? Nega ular Saudiya Arabistonidan ketgunlaricha bir necha kun kutishdi? Bilmadim, bularning bari menga g'alati tuyulyapti.

Xeyni o'tgan yili Garsiyaga yutqazgan, ammo keyinchalik Garsiyaning ijobiy testi tufayli jang natijasi bekor qilingan va Xeyni Garsiyaga qarshi fuqarolik davosini sudga bergan. Romero, Garsiya va Xeynining fikricha, ikkinchi jang masalasini yopish kerak.

"Bilasizmi, menimcha, Devin Rayan bilan ikkinchi jangni o'tkazishi kerak, chunki mendan revanshda yordam berishimni so'rashdi va men bu so'rovni bajardim, - deya qo'shimcha qildi Romero. - Rayan hammamizga yaxshilik qilishi va Devinga revansh berishi kerak, chunki men uni nokaut qilganimdan keyin ikki yil sudlashishni xohlamayman. Vaqtimni bekorga sarflab nima qilaman".

Eslatib o'tamiz, Romero chempionlik kamarining birinchi himoyasini afsonaviy Menni Pakyaoga qarshi o'tkazishni rejalashtirgan edi, ammo muzokaralar samarasiz yakunlandi. WBA tez orada Romerodan majburiy davogar SHahram G'iyosovga qarshi jang o'tkazishni talab qilishi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing