15 dek 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning bo'lajak chempion raqibi: "2025 yilni faoliyatimdagi eng katta yilga aylantiraman"
Professional boksning yarimo'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Eymantas Stanionis (15-0, 9 KO) kelasi yil uchun rejalari haqida gapirdi.
"2025 yilni faoliyatimdagi eng katta yilga aylantirishga tayyorman. Maqsadim - kamida uch marotaba WBA chempionlik kamarimni himoya qilish hamda boshqa yo'nalishlardagi kamarlarni ham o'z qo'limda birlashtirish. Men divizionda eng zo'ri ekanligimni isbotlamoqchiman va buning uchun barcha bilan jang qilishga tayyorman", dedi Stanionis.
Malumot uchun, Eymantas 2022 yildan beri bor-yo'g'i ikki marta ringga chiqdi. Litvalik bokschi keyingi jangini o'zbekistonlik majburiy davogar SHahram G'iyosovga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar