21 fev 10:34
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning Pablo Sezar Kanoga qarshi jangi oldidan rasmiy tadbirlar taqvimi elon qilindi
Yarimo'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi reytingida birinchi o'rinni egallab turgan hamyurtimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangini jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Pablo Sezar Kanoga qarshi o'tkazadi.
Jang bizning vaqt bilan 25 fevral tonggida AQSHning Orlando shahrida tashkil etilayotgan boks oqshomi doirasida o'tkaziladi.
Jang oldi rasmiy tadbirlar:
22 fevral, 23:00
Matbuot anjumani (Matchroom Boxing va DAZN ijtimoiy tarmoqlarida jonli translyaciya)
23 fevral, 23:00
Vazn o'lchash marosimi (Matchroom Boxing va DAZN ijtimoiy tarmoqlarida jonli translyaciya)
25 fevral, 6:00
Jang oqshomi (Translyaciya DAZN platformasida).
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar