So’nggi yangiliklar

14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0

21 okt 15:37
Yangiliklar

Boks/MMA

SHahram G'iyosovning promouterlari chempionlik jangi uchun oxirigacha kurashadi

Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosovning "Matchroom" promouterlari chempion Rolando Romeroning vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Eddi Xirn boshchiligidagi promouter va menejerlar kim oshdi savdosida qatnashishga to'g'ri kelsa ham, ushbu chempionlik jangini tashkil etishni oxiriga etkazishga tayyorlar.

Yaqinda WBA amerikalik Romeroga o'tgan yildan beri reytingda birinchi o'rinni egallab kelayotgan o'zbekistonlik 32 yoshli bokschiga qarshi chempionlik kamarini majburiy himoya qilishni buyurdi.

"Biz Romero bilan ishlaydigan kichik Luis DeKubaz bilan ish olib boryapmiz va bu jang kelasi yilning boshida bo'lib o'tishiga umid qilyapmiz", - dedi Matchroom direktori Frenk Smit Boxing News nashriga bergan intervyusida.

"O'ylashimcha, savdolar bo'lsa kerak, lekin keling, avval kelisha olamizmi yoki yo'q, shuni ko'raylik", - deya qo'shimcha qildi G'iyosovning promouteri. - SHahram o'z imkoniyatiga loyiq edi. U WBA yo'nalishi bo'yicha jahon chempioni unvoni uchun jangni qo'lga kiritish yo'lida qattiq mehnat qildi. Menimcha, u Romeroni engadi.

SHu yil boshida G'iyosov WBA chempionlik kamari sohibi Eymantas Stanionis 12 aprel kuni IBF chempioni Jeyron Ennisga qarshi birlashtiruvchi jang o'tkazishi uchun WBA chempionlik kamari jangini kechiktirishga rozi bo'lgan edi.

O'shanda Ennis unvonlarni birlashtirgan, G'iyosov ham AQSHdagi ushbu boks oqshomida ringga ko'tarilib, Franko Maksimiliano Okamponi mag'lub etgandi. Ushbu jangdan roppa-rosa bir oy oldin SHahram G'iyosovning ikki yoshli qizi vafot etgandi.

"Menga juda qiyin bo'ldi. Bu juda og'ir o'quv-mashg'ulot lageri edi, chunki men qizimdan ayrildim, - degandi G'iyosov o'shanda g'alabasidan keyingi intervyuda. - U meni ko'rib turibdi. Hozir u menga qarab turibdi, meni duo qilyapti. Men uni sevaman.

"Bu qizim uchun, - deya qo'shimcha qildi bokschi. - Men unga jahon chempioni bo'lishga vada berganman. U menga ishonadi. Men buni bilaman. Menga imkon bering".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing