22 mar 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning raqibi o'zgardi
3 aprel oqshomida "Humo Arena"da ringga ko'tariladigan bokschilarimizdan biri SHahram G'iyosov (10-0, 8 KO)ning raqibi o'zgardi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz o'zining WBA International kamarini meksikalik Patrisio Lopes Moreno (28-4, 20 KO) dan himoya qiladi. Bu haqda Mir Boksa promouterlik kompaniyasi xabar bermoqda.
Avvalroq G'iyosovga rossiyalik Isa CHaniev (14-3, 6 KO) raqiblik qilishi aytilgandi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang 3 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena"da tashkil etiladi. Kechaning markaziy jangida Murodjon Ahmadaliev yaponiyalik Ryosuke Ivasaga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar