02 noy 13:45
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosovning vaznida chempionlik jangi elon qilinishga yaqin
Bu haqda The Ring nashri xabar bermoqda.
Malum bo'lishicha, WBC tashkiloti yarim o'rta vazn toifasidagi chempion Mario Barrios hamda Rayan Garsiya o'rtasida 2026 yilning birinchi choragida chempionlik jangi o'tkazish bo'yicha muzokara olib bormoqda. Jarayon yakuniy bosqichda ekani aytiladi.
Avvalroq, ushbu vazn toifasida faoliyat yurituvchi hamyurtimiz SHahram G'iyosovning WBA kamari sohibi Rolando Romero bilan jangiga buyruq berilgandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar