28 iyu 11:25
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosovning vaznida titul jangi elon qilindi
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi yarim o'rta vaznda SHimoliy Irlandiya vakili Lyuis Kroker va irlandiyalik Peddi Donovan o'rtasidagi revansh jangini rasman tasdiqladi.
Bellashuv 13 sentyabr kuni Belfast shahrida bo'lib o'tadi.
Jang Jeyron Ennis tomonidan bo'shatilgan IBF unvoni uchun o'tkaziladi.
Bokschilar o'rtasidagi ilk jang mart oyi boshida bo'lib o'tgandi. Unda Donovan ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Malumot uchun, ushbu vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi SHahram G'iyosov WBA kamari uchun majburiy davogar sanaladi.
Havola :
Manba : Matchroom Boxing
Fikrlar