10 noy 12:35
Yangiliklar
SHahram G'iyosovning vaznidagi IBF chempioni ukrainalik davogarga qarshi ringga ko'tarildi
Oqshomning asosiy jangi yarimo'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda IBF chempioni Jeyron Ennis ukrainalik 28 yoshli davogar Karen CHuxajyanga qarshi ringga ko'tarildi. Bu bokschilarning o'zaro o'tkazgan ikkinchi jangi edi. Bu safar ham Karendan revanshdan unumli foydalana olmadi.
O'tgan yilning yanvar oyida o'tgan ilk jangda Ennis hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi. O'shanda uchchala hakam ham 120-108 hisobidagi g'alabani Jeyronga taqdim etgandi.
Bugungi jang ham to'liq 12 raund davom etdi. Ennis beshinchi raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. Yakunda chempion hakamlarning 119-107, 117-109, 116-110 hisobidagi g'alabasi evaziga kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Fikrlar