20 iyu 15:50
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram uchun imkoniyat!? Jeyron Ennis chempionlik kamarlarini vakant qoldirdi
Professional boksning yarimo'rta vazn toifasi IBF va WBA yo'nalishlarida jahon chempioni Jeyron Ennis o'z unvonlarini bo'shatib qo'ydi.
27 yoshli charm qo'lqop ustasi bu malumotni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tasdiqladi. Endi Ennis super yarimo'rta vazn toifasiga o'tadi.
Malumot uchun, Ennis egalik qilib turgan WBA chempionlik kamariga o'zbekistonlik SHahram G'iyosov majburiy davogar edi. WBA tashkiloti avvalroq ikki bokschi o'rtasidagi jangga buyruq bergandi.
Super yarimo'rta vazn toifasida esa hamyurtimiz Isroil Madrimov faoliyat olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar