19 dek 11:38
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahramni Olimpiada finalida mag'lub etgan qozoq bokschisi jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tarildi + FOTO
Qozog'istonning Nursulton shahrida katta professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBO kamari uchun qozog'istonlik Daniyar Eleusinov Argentina vakili Xuan Ernan Lealga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi. Jang yakunida hakamlar bir ovozdan qozog'istonlik bokschining g'alabasini elon qilishdi. SHu tariqa, Daniyar Eleusinov vakant bo'lib turgan IBO kamarini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, aynan Daniyar Eleusinov Rio-2016 finalida hamyurtimiz SHahram G'iyosovni mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : Sports.kz
Fikrlar