22 apr 12:16
Yangiliklar
Boks/MMA

SHakur Stivenson Matchroom Boxing bilan hamkorlikni uzdi
Prof boksning engil vazn toifasida WBC chempioni SHakur Stivenson (22-0, 10 KO) Matchroom'ni tark etdi, deb yozmoqdi insayder Den Rafael.
Manbaga ko'ra, SHakur 12 iyul kuni bo'lib o'tadigan boks kechasiga Lu Dibellani promouter sifatida yollagan. Dibellaning vazifasi xodimlarni nazorat qilish, sahna ortidagi ishlarni boshqarish va OAV bilan ishlash bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni Nyu-Yorkda SHakur meksikalik WBC vaqtinchalik chempioni Uilyam Sepadaga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : x.com/DanRafael1
Fikrlar