23 sen 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

SHakur Stivenson vazn o'lchashda muvaffaqiyatsizlikka uchrab, WBC va WBO kamarlaridan mahrum bo'ldi
Yarim engil vazn toifasida WBC va WBO kamarlari sohibi SHakur Stivenson navbatdagi jangini ertaga Robson Konseysaoga qarshi o'tkazadi.
Bugun bokschilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etishdi. SHakur unda ortiqcha 1,6 funt og'irlik ko'rsatgan. Tashkilotchilar bokschiga qo'shimcha ikki soat muhlat berishgan, biroq AQSH vakili shunda ham vazn qila olmadi. Natijada u WBC va WBO kamarlaridan mahrum bo'ldi.
Endi ertangi jangda chempionlik kamarlari uchun faqatgina Robson harakat qilib ko'radi. Agar SHakur jangda g'alaba qozonsa, kamarlar vakant bo'lib qoladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar