08 avg 12:05
Yangiliklar
SHara Bulletning RAF ligasidagi debyuti vatandoshiga qarshi bo'ladi + POSTER
Tashkilot tomonidan SHara Bulletning kurash ligasidagi debyut jangi rasman elon qilindi. "Qaroqchi" Magomedov 5 sentyabr kuni Moskva shahrida tashkil etiladigan turnirda vatandoshi Aleksandr "SHtorm" SHlemenkoga qarshi gilamga chiqadi.
Joriy yilning iyun oyida Aleksandr SHlemenko Omskda bo'lib o'tgan turnirda ACA ligasidagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazib, ikkinchi raundda bolgariyalik Nikola Dipchikovni bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi. Endi u dekabr oyida vatandoshi Ramazan Emeevga qarshi ACAning o'rta vazn toifasidagi vakant chempionlik kamari uchun qafasga kiradi.
SHarabutdin Magomedov o'tgan yilning fevral oyida o'z faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan edi. U Ar-Riyodda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 250 turnirida britaniyalik Maykl Peyjga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergandi. Biroq, shundan so'ng u Mark-Andre Barrio va Mishel Pereyra ustidan zafar quchib, g'alabali seriyaga tushib oldi.

Fikrlar