29 avg 21:05
Yangiliklar
SHarifa Davronova U-20 Jahon chempionati finaliga yo'l oldi
Musobaqaning ikkinchi kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasining 3 nafar azosi chiqish qildi.
400 metrga yugurish dasturida Jonbibi Hukmova dastlabki saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, 54.12 soniya bilan o'zining shaxsiy rekordini yangilagan Hukmova yarim finalga yo'l oldi. Biroq unda hamyurtimiz qayd etgan 54.87 soniya final yo'llanmasi uchun kamlik qildi.
Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan SHarifa Davronova esa 13.29 metr bilan katta qiyinchiliksiz final yo'llanmasiga ega bo'ldi. Afsuski, ushbu dasturda Xushnoza SHavkatova 12.79 metr bilan 15-ko'rsatkichni qayd etdi va medallar uchun kurashish imkoniyatini yo'qotdi. Endi Davronova 31 avgust kuni ikkinchi chempionlik uchun kurashni davom ettiradi.
Bugun Barnoxon Sayfullaeva balandlikka sakrash, Nodir Norboev esa o'nkurashning 5 ta dasturida o'z omadini sinab ko'rishadi.
Fikrlar