23 mar 19:34
Yangiliklar
Dzyudo
SHarofiddin Boltaboev Tbilisi "Katta Dubulg'a" turniri kumush medali sovrindori
Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Hozirgina musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari yakuniga etdi. Kunni -81 kg vazn toifasidagi final bahsi yakunlab berdi. Oltin medal uchun hamyurtimiz SHarofiddin Boltaboev neytral sportchi maqomida kurashgan asli rossiyalik Timur Aruzovga qarshi tatamiga chiqdi.
Murosasiz kechgan bellashuvda Boltaboev raqibiga imkoniyatni boy berib, kumush medal hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. Qizig'i, SHarofiddin so'nggi bor finalda 2021 yilgi mavsumda ishtirok etgandi. O'tgan yilning may oyida esa u jarohat sabab CHexiyada jarrohlik stoliga yotishga majbur bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar