25 avg 12:38
Yangiliklar
Dzyudo
SHarofiddin Lutfullaev Avstraliya va yaponiyalik raqiblarini engib, JCH yarim finaliga chiqdi
Tokio shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Hozirgina -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan sportchilarimizdan ikkinchisi SHarofiddin Lutfullaev ikki raqibini mag'lubiyatga uchratib, jahon chempionatining yarim finaliga yo'l oldi.
SHarofiddin avvaliga Xalqaro dzyudo federaciyasi bayrog'i ostida ishtirok etayotgan Muhammad Rashnonezxad, quvaytlik Omar Altufairi, to'rtinchi bosqichda avstraliyalik Joshua Katcni engdi.
CHorak final bellashuvida esa yaponiyalik kuchli raqib Naoxisa Takatoni ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.
Havola :
Fikrlar