06 mar 18:57
Yangiliklar
SHarofiddin Toshkent "Katta Dubulg'a" turniri finalida tatamiga chiqdi FOTOGALEREYA
-81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan qoraqalpog'istonlik dzyudochimiz hal qiluvchi final bellashuvida italiyalik Kristian Parlatiga qarshi tatamiga chiqib, raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHarofiddin kumush medal bilan birga qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. Bir sportchi uchun ikki hafta ichida ikkita "Katta Dubulg'a" turnirida ikkita medal - oltin va kumush yomon natija emas.
Malumot uchun, SHarofiddin yarim finalda reytingda 1-o'rinni egallab turgan jahon chempionatining kumush medali sohibi, belgiyalik Mattias Kasseni vazari bahosi evaziga mag'lubiyatga uchratgan edi. Boltaboevning finaldagi raqibi Kristian Parlati esa yarim finalda yaponiyalik jahon chempioni Takanori Nagasedan ustun kelgandi.
Fikrlar