18 iyu 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/223438_220.jpg)
SHavkat Rahmonov engilmas Bellator jangchisi bilan sparring o'tkazdi + VIDEO
Ijtimoiy tarmoqlarda qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov (15:0) hamda sobiq ACV chempioni rossiyalik Muhammad Berxamov (14:0) o'rtasidagi sparring videosi tarqaldi.
"Standford MMA zalida SHavkat Rahmonovning kuchli jangchilar bilan mashg'ulot o'tkazayotganini ko'rish juda maroqli. Mana, u engilmas Bellator jangchisi Muhammad Berxamov bilan birga sparring qilmoqda", — deya izoh berilgan videoda.
28 yoshli Berxamov so'nggi bor 2021 yilning oktyabr oyida amerikalik Jalil Uillisga qarshi oktagonga ko'tarilgan edi.
Eslatib o'tamiz, SHavkat Rahmonov navbatdagi jangini 25 iyun kuni Las-Vegas shahrida bo'lab o'tadigan UFC Vegas 57 turnirida Nil Megniga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar