24 may 14:08
Yangiliklar
SHavkat Rahmonov potencial raqibiga "vyzov" tashladi
Qozog'istonlik aralash yakkakurash ustasi amerikalik Kelvin Gastelumga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
"Etti yildan so'ng yarimo'rta vaznga qaytayotgan Kelvinni quchoq ochib qarshi olishim kerakmi? Menimcha, ha", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik jangchi.
Malumot uchun, 31 yoshli Kelvin Gastelum yarimo'rta vazn toifasidagi oxirgi jangini 2016 yilning iyul oyida Joni Xendriksga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. SHu yilning aprelida esa u Kris Kyortisni mag'lubiyatga uchratdi. Ayni paytda Kelvin o'rta vazn toifasi UFC reytingida 11-o'rinni egallab turibdi.
28 yoshli SHavkat Rahmonov esa mart oyida Jeff Nilni uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi. Bu uning qatorasiga qo'lga kiritilgan beshinchi g'alabasi edi.
Fikrlar