30 may 12:39
Yangiliklar
Boks/MMA
SHavkat Rahmonovning singlisi Dana Uaytdan shartnoma so'radi
Agar 24 yoshli qozog'istonlik dunyoning eng kuchli ligasi bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'lsa, SHavkat Rahmonov va Sora Rahmonova UFC tarixidagi ilk aka-singilga aylanadi.
O'tgan juma kuni eng engil vazn toifasida ishtirok etayotgan 24 yoshli Rahmonova Almatida bo'lib o'tgan NFC 51 turnirida rossiyalik Valeriya Karyaginani mag'lub etgandi. SHundan so'ng u UFC prezidentiga murojaat qildi.
"Dana Uayt, UFC?" - deb yozdi Rahmonova ijtimoiy tarmoqda.
O'rta vazn toifasida UFC jangchisi SHavkat Rahmonov ham singlisining oktagonga chiqish intilishini qo'llab-quvvatladi.
"U tez orada UFC'ga o'tadi", - deb yozdi SHavkat.
Malumot uchun, 2021 yilda professional faoliyatini boshlagan Sora Rahmonovaning hisobida 4 ta g'alaba bor.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar