10 fev 19:02
Yangiliklar
SHer Mamazulunovning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
-84 kg vazn toifasida kikboksingchimiz SHer Mamazulunov (15-6) 12 fevral kuni Ekaterinburgda Sergey Ponomarevga qarshi kurashadi. Ushbu jang Fair Fight ligasining vaqtinchalik chempionlik maqomi uchun bo'ladi.
Aslida Ponomarev bilan liga chempioni Andrey CHekhonin (30-6-1) uchrashishi kerak edi. Biroq, nomalum sabablarga ko'ra, liga CHekhonin ushbu jangga chiqa olmasligini malum qildi hamda tezkorlik bilan Ponomarevga qarshi Mamazulunov jang qilishini elon qildi.
SHer Mamazulunov Fair Fight ligasining faxriy jangchisi. U 2017 yilda tashkilotda jang qilgan va -77 kg vazn toifasida chempion bo'lgan. Keyinroq -84 kg vazn toifasiga qaytgan, ushbu divizionda WTKF chempioni bo'lgan va TNA finalida ikki bor g'alaba qozongan.
Fikrlar