So’nggi yangiliklar

21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0 17:28Махачев навбатдаги чемпионлик ҳимояси учун рақиб ва муддатни маълум қилди 0 16:49ММА ҳамжамиятининг Ислам Махачев - Йен Гэрри жангига муносабати 0 16:22Магнус Карлсен чемпион бўлган EWC 2026 турнирида Нодирбек нечанчи ўринни эгаллади ва қанча мукофот пулини қўлга киритди? 0 15:55"Ал Ҳилол" навбатдаги ТОП трансфер бўйича келишувга эришди 0 15:21UFC 330 турнирининг бонус соҳиблари маълум. Ислам рўйхатда борми? 0 14:52Ислам Махачев битта кўрсаткич бўйича Хабиб Нурмагомедовга етиб олди 0 14:15Тахмина Икромова халқа, қизларимиз эса гуруҳ машқининг финалида иштирок этади 0

23 iyu 18:17
Yangiliklar

Boshqalar

SHerzod Abdullaev – armrestling sporti rivoji yo'lidagi fidoyi murabbiy!

Bugungi sahifamizda sizlarni armrestling sport turida faoliyat yuritib kelayotgan malakali murabbiy SHerzod Abdullaev bilan yaqindan tanishtiramiz.

U sportchi sifatida Toshkent viloyati miqyosida yuqori natijalarga erishgan bo'lib, armrestling sport turini ommalashtirish va yoshlar o'rtasida rivojlantirishga munosib hissa qo'shib kelmoqda.

Bugungi kunda u SHERZODARMSPORT sport klubi direktori sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. SHuningdek, 2020 yildan buyon Toshkent viloyati armrestling federaciyasi qoshida tashkil etilgan armrestling to'garagida murabbiy sifatida yosh sportchilarni tayyorlab kelmoqda. Uning mashg'ulotlari natijasida ko'plab iqtidorli yoshlar viloyat va respublika musobaqalarida yuqori natijalarni qayd etmoqdalar.

SHerzod Abdullaevning murabbiylik faoliyatida erishilgan muhim yutuqlardan biri — uning shogirdi Lazizbek Avazbekovning joriy yilning 1-3 fevral kunlari Toshkent shahrida o'tkazilgan para armrestling (jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o'rtasidagi) Jahon Kubogida oltin medalni qo'lga kiritganidir. Bu natija murabbiyning yuqori kasbiy mahorati, sportchilar bilan olib borayotgan tizimli ishlari va imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga jalb etishdagi katta hissasini yaqqol namoyon etadi.

Armrestling sport turini yanada keng rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlarni sog'lom turmush tarziga jalb etish hamda iqtidorli sportchilarni tayyorlash maqsadida SHerzod Abdullaev tomonidan SHERZODARMSPORT sport klubi tashkil etildi. Klubda zamonaviy mashg'ulotlar tizimi yo'lga qo'yilgan bo'lib, yoshlar, qizlar hamda para sportchilar uchun alohida mashg'ulot dasturlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur faoliyat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sport sohasini rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qarorlar va farmonlarda belgilangan vazifalarga hamohangdir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sport talimi tizimini takomillashtirish, xususiy sport klublari faoliyatini qo'llab-quvvatlash hamda aholi, ayniqsa yoshlarni sport bilan muntazam shug'ullanishga keng jalb etishga qaratilgan qarorlari sohada muhim huquqiy asos bo'lib xizmat qilmoqda. Ushbu davlat siyosati natijasida nodavlat sport klublari faoliyati rivojlanib, yangi iqtidorlarni kashf etish va milliy terma jamoalar zaxirasini shakllantirish imkoniyatlari kengaymoqda.

Murabbiy SHerzod Abdullaev haqida qisqacha

SHerzod Abdullaev o'z shogirdlarini tayyorlashda har bir sportchining jismoniy imkoniyatlari va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulot jarayonini tashkil etadi. Mashg'ulotlar davomida kuch, chidamlilik, texnik mahorati, reakciya tezligi, psixologik barqarorlik hamda musobaqa taktikasiga alohida etibor qaratadi. Uning asosiy maqsadi — nafaqat chempion sportchilarni tarbiyalash, balki intizomli, irodali, vatanparvar va sog'lom turmush tarziga amal qiladigan yosh avlodni voyaga etkazishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing