So’nggi yangiliklar

13:46Шавкат Раҳмоновнинг жамоаси унинг октагонга қайтишининг янги муддатини маълум қилди 0 13:15Sofascore. Беҳруз Каримов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 12:43Кураш бўйича I Жаҳон ҳарбий Челленжининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди 0 12:12Топурия октагонга қайтишга тайёр эмас! 0 11:41US Open 2026. Аёллар ўртасида мусобақа чемпиони аниқланди. Ғолиба даҳшатли суммага эга чиқди 0 11:10"Интер Майами" "Нэшвилл" билан дуранг ўйнади, Месси ҳисобида гол + ВИДЕО 0 10:39Жавоҳир Синдаровда татимаган ғалаба, Магнус ва унинг жамоасида мағлубият 0 10:18Noche UFC 4 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:47Салихов ва Вальдо Кортес-Акоста таслим этилган Noche UFC турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 09:16"Реал" ўз уйида "Райо Вальекано"ни тор-мор этди 0 08:45Райан Гарсия - Конор Бенн жангида нокаут қайд этилди 0 08:14Noche UFC турнирининг асосий жанги муддатидан аввал якунланди 0 19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0

17 iyu 15:18
Yangiliklar

Taekvondo

SHerzod Toshmatov - O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi raisi lavozimiga saylandi

Ayni daqiqalarda O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasida navbatdan tashqari hisobot-saylov konferenciyasi tashkil etilmoqda.

Konferenciya kun tartibidan o'rin olgan eng asosiy masala tashkilotga yangi rahbar saylashdan iborat edi. 

SHu kungacha associaciyaga rahbarlik qilib kelgan Ahmadjon Rahimov o'rniga SHerzod Toshmatov rais sifatida saylandi. 

Malumot uchun, 1979 yilda tavallud topgan SHerzod Toshmatov o'z vaqtida O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Aynan uning qo'l ostida bokschilarimiz Rio Olimpiadasida, shuningdek Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida, Jakartadagi Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishgandi. 

Ayni daqiqalarda davom etayotgan yig'ilishda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, O'zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov ham so'zga chiqib, SHerzod Toshmatovga yangi ish joyida muvaffaqiyat tilashdi va har tomonlama qo'llab-quvvatlashga vada berishdi.   

Yig'ilishda ishtirok etgan O'zbekiston karate WKF federaciyasi prezidenti Alam Mullaev SHerzod Toshmatov haqida iliq fikrlarni bildirdi. 

Olamsport.com sayti SHerzod Toshmatovga yangi lavozimda muvaffaqiyat tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing