20 sen 13:16
Yangiliklar
SHevchenko Grasso bilan trilogiyani Qirg'izistonda o'tkazmoqchi
"Mustaqillik kunida navbatdagi jangni Qirg'izistonda tashkil etish adolatli va to'g'ri bo'lardi. SHunda muvozanat bo'ladi, to'g'rimi? Vatanimning Mustaqillik kunida jang qilish juda adolatli bo'lardi.
Ishonamanki, Qirg'iziston xalqi va uning hukumati bu jang bo'lishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyor. O'ylaymanki, agar UFC istasa jangni tashkil etilishi mumkin", - dedi SHevchenko.
Eslatib o'tamiz, 17 sentyabr Las-Vegasda (AQSH) Fight Night 227 turniri bo'lib o'tdi. Asosiy jangda ayollar o'rtasida eng engil vaznda chempion Aleksa Grasso sobiq chempion Valentina SHevchenko bilan revansh jangini o'tkazdi. Jang besh raund davom etdi va durang bilan yakunlandi. SHu tariqa 30 yoshli meksikalik Grasso UFC chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Fikrlar