28 okt 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko Liana Jojua bilan birga mashg'ulot o'tkazdi + FOTO
UFC chempioni Valentina SHevchenko ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Ayollar o'rtasida o'ta engil vazn (57 kggacha)da UFC chempioni, qirg'izistonlik Valentina SHevchenko ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga gruziyalik UFC sobiq jangchisi Liana Jojua bilan mashg'ulotlar jarayonidan surat joylab, uni quyidagicha izohladi:
"Alanyada tonggi mashg'ulotlar. Turkiya. 2022 yil, oktyabr". Mashg'ulotlar jarayoni Alanya (Turkiya)da davom etmoqda.
Valentina so'nggi jangida braziliyalik Tayla Santosni mag'lub etib, chempionlik kamarini ettinchi bor muvaffaqiyatli himoya qila olgan edi. Jojua esa o'tgan yilning noyabr oyida UFC'ni tark etgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar