So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

28 mar 15:57
Yangiliklar

Boks/MMA

SHevchenko Xabibning MMAdagi ayollar borasida bildirgan etirozini javobsiz qoldirmadi

Eng engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko aralash yakka kurashlar ayollar sporti emasligi haqida fikr bildirgan Xabiba Nurmagomedovaga etiroz bildirdi.

"Mendan so'rasangiz, bu sport turini ayollar uchun tavsiya qilmayman. Ayol kishining yuziga urish men uchun vahshiylik, ayniqsa, u ona bo'lsa. O'zim katta bo'lgan joyda bunaqasini ko'rmaganman. Alloh taolo ayolni zaif, erkakni esa kuchli qilib yaratgan. Odamlar bularning barchasini o'zgartirishni va aralashtirishni xohlashadi. Bilmadim, siz bunga qanday qaraysiz, lekin menga erkakning erkaklar ishi bilan, ayolning ayollar ishi bilan shug'ullanishi yoqadi", - degandi Xabib yaqinda bergan intervyusida.

SHevchenko ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Burgut"ning so'zlariga izoh berdi.

"Ayollar zaifmi?! Buni samolyot kapitani bo'lgan singlimga ayt. Yoki "Tungi jodugarlar"ga - Ikkinchi jahon urushi davridagi to'liq ayollar bombardimonchi polkiga ayt, ular tunda o'chirilgan dvigatellar bilan bomba tashlab, so'ngra qo'nish chiroqlarisiz qop-qorong'i joyga samolyotni qo'ndirishgan. Buning uchun ular qo'lga tushmas va halokatli degan nomga sazovor bo'lishgan.

Qani, kim zo'rligini ayt-chi! Hammasi tarbiyaga bog'liq. Xuddi shuningdek, erkakni hech narsaga qodir bo'lmagan ojiz so'tak qilib tarbiyalash mumkin. Jang sanati - bu harbiy anana bo'lib, unda erkak va ayol o'rtasida farq yo'q. Faqat sanatning o'zi bor. Aynan shuning uchun odamlar mashq qilishadi - yanada latofatli, kuchli va dono bo'lish uchun, hech kim hech qachon ularning yuziga urish imkoniyatiga ega bo'lmasligi uchun", - deb yozdi SHevchenko.

Reyting: +1   

Fikrlar

   
29 mar 08:30:02
ISHONCH
Аёлларни ақлини ҳаёт тўғирлайди, ҳаётни кучи етмаса қабр тўғирлайди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing