So’nggi yangiliklar

18:55Рамазон Темиров октагонга чиқадиган UFC турнирининг марказий жанги маълум бўлди 0 18:32"Tashkent Select" узоқ танаффусдан кейин яна ғалаба қозонди 0 18:10Промоутер Фьюрининг фаолиятини якунлаши эҳтимоли ҳақида гапирди 0 17:48Аббос Файзуллаев: "Уйғонганимда бутун вужудим оғриган пайтларим бўлди" 0 17:24Дана Уайт ваъда қилган 2025 йилдаги ақлдан оздирадиган мегажанг қайси спортчилар ўртасида кечиши маълум бўлди 0 17:01Владимир Путин МДҲ давлатларини БРИКС ўйинларида қатнашишга чорлади 0 16:39Юлдузли кард йиғилмоқда. Суҳроббек Атажанов ҳам Тошкентда жанг қилади (ПОСТЕР) 0 16:16"Пахтакор"нинг Туркиядаги ўқув-йиғин машғулотлари давомидаги рақиблари маълум 0 15:54Собиқ жаҳон чемпиони: "Баҳодир Жалолов Усикни ҳам мағлуб эта олади, фақат..." 0 15:32"UFC Макгрегорнинг кетишига йўл қўймайди" - Эдди Альварес 0 15:10WBC рейтинги янгиланди. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:48Суперлиганинг 5 та, Про лиганинг 1 та клубига трансфер тақиқи қўйилди 0 14:24Отабек Холматов собиқ Жаҳон чемпиони билан реванш жангини ўтказмоқчи 0 14:01"100 минг доллардан арзонга уйимдан чиқмайман" - Жон Жонс 0 13:38Мавлуд Тифиевга уй совға қилинди 0

19 may 08:03
Yangiliklar

Kurash

SHiddatli va shijoatli, shahdam odimlar

Teglar :  KurashNavoiy
Qaerdaki, chempionlik estafetasi avlodlardan avlodlarga, ustozlardan shogirdlarga etkzilar ekan, o'sha joyda sport chin manoda taraqqiy etadi.

SHakllangan, poydevori mustahkam maktabga asos solinadi. Navoiy viloyat Kurash federaciyasi 1999 yilda tashkil etilgan bo'lib, federaciya ijrochi direktorlari har yili bir marta yangilanib turar, bu esa turgan gapki, vazifaning mashaqqati va yuqori masuliyati bilan bog'liq edi.

2009 yilda o'sha paytdagi viloyat jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Ibodullo Rahmonov sport federaciyasi ishini yanada jonlantirish uchun yig'ilish chaqirdi. Faxriy polvonlardan, sport turi rivojiga joni achiydigan kayvonilardan fikru-mulohazalarini, taklif va tavsiyalarini so'radi. Nima qilinsa, viloyat kurashi ko'tariladi? Qanday qilib, viloyat shanini munosib elkalaydigan bahodirlar tarbiyalash mumkin? SHu va shu kabi savollar atrofida qizg'in bahs-munozaralar bordi. Yakunda kurash federaciyasiga munosib, ishni halollik va xolislik bilan yuritadigan yangi rahbar kadr kerakligi, soha ishini butunlay yangicha tartibda yo'lga qo'yish zarurligi haqidagi to'xtamga kelindi. Yoshligidan to hozirgacha Navoiy viloyati shani, shavkati, elning ori va obro'si uchun gilamga chiqib kelayotgan faxriy polvon Mamadali Norov nomzodiga ishonch bildirildi. U bir ovozdan Navoiy viloyat kurash federaciyasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

SHu yilning o'zida Norovning tavsiyasiga ko'ra, Navoiy shahar prokurori Samijon Omonniyozov viloyat Kurash federaciyasi raisi lavozimiga saylandi. Omonniyozovning kurashga muhabbati, yoshligida nomdor polvon bo'lgani etirof etildi. 

SHunday qilib, viloyat federaciyasida soha rivojini chin dildan istaydigan haqiqiy kurashsevarlar ish boshladi. Natijalar esa uzoq kuttirmadi. Xususan, 2012 yil Navoiy shahrida “Umid nihollari” sport musobaqasining final bosqichi o'tkazildi va unda kurash bo'yicha mezbonlar terma jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi.

Norovning talab va tashabbusi ostida mahalliy federaciya murabbiylari chekka-chekka qishloqlarda o'tadigan to'y kurashlar, Navro'z sayillari, tumanlarda bo'ladigan katta-kichik musobaqalarni diqqat bilan kuzatadigan, u erlarda o'zini ko'rsatgan yosh polvonlarni professional sport olami sari boshlaydigan sinchkov mutaxassislarga aylanishdi.   

Viloyat kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi Farhod To'raev, bosh kotib SHavkat Toshev, bosh murabbiy Oybek Jumanazarov, yordamchi murabbiylar Odil Otamurodov va Qahramon Gapparov, respublika toifasidagi hakamlar - Bekzod Yarmatov, SHahzod Temirov, Akrom Nazarov, Dadasher Ergashev, Farrux SHomurodov, Gullola Norqulovalardan iborat ishchan va ahil jamoa bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishayotir.

Viloyatda hozirgi kunda 60 nafardan ziyod murabbiy kurash sport turi bo'yicha yoshlarni o'z ortidan ergashtirmoqda.Buning samarasi o'laroq, navoiylik polvonlar jamoasi so'nggi yillar davomida O'zbekiston Kubogi musobaqalarida yuqori o'rinlarni egallab kelishmoqda. Ustoz Mamadali Norov yoshlarga namuna ko'rsatib, faxriylar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bir necha bortengsiz topildi.

Norov 2010 yil Angliya davlatida kurash bo'yicha o'tkazilgan sakkizinchi xalqaro turnirga ikki nafar yosh shogirdi bilan ishtirok etib, barcha barchaga o'zbek polvonlari mahoratini ko'z-ko'z qilishdi. Mamadali polvonning o'g'li Muhammadali Norov 30 kg vaznda, shogirdi Sunnatillo SHaripov 44 kg vazn toifasida, faxriyning o'zi esa 80 kg vaznda kurashib, barcha bahslarni g'alaba bilan yakunlashdi. O'zbek va jahon matbuotida ota-o'g'il chempionlar haqida, ularning shiddati-yu shijoati to'g'risida o'qishli-o'qishli maqolalar chop etildi. 

Etiborlisi, Norovlar oilasida kurash ularning qon-qoniga singib ketgandek go'yo. Ukasi Erkin Norov murabbiy, ikki o'g'li hamda bir qizi O'zbekiston chempionlari sanalishadi. Navoiydan shuningdek, ko'pgina Barchinoy va To'maris avlodlari etishib chiqayotir. Dilnoza Kamolova, Maftuna Esonova, Malohat Ro'zieva, Marjona Bobokandova va boshqalar shular jumlasidandir.

Yana bir istedodli sportchi borki, uning yutuq va g'alabalari go'yo bir kitob bo'lgulik. Gap kurash bo'yicha jahon chempioni Umid Esonov haqida ketmoqda. Engilmas bahodir bugungi kunda nafaqat navoiyliklar, balki o'zbek sport ixlosmandlarining faxriga, iftixoriga aylanib ulgurgan. 

Mana, qarang. U dastlab 1993-1994 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'ldi. Xususan, 2012 yilda Buyuk Britaniyaning Bornmut shahrida yoshlar va kadetlar o'rtasida o'tkazilgan kurash bo'yicha VII jahon chempionatida 66 kg vaznda jahon chempionligiga erishdi.

2013 yilda O'zbekiston Kubogi musobaqasida 66 kg vazn toifasida birinchi o'rin sohibi bo'ldi. 2016 yildan esa Esonov kattalar o'rtasidagi bahslarga qo'shilib, O'zbekiston chempionatida 73 kg vazda navbatdagi oltin medalga erishdi.

2018 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo'yicha Amir Temur xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirida 73 kg vaznda 3-o'rin sohibiga aylandi. Xuddi shu yili u Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida Sohil kurashi bo'yicha mamlakat chempionatida g'oliblikka erishdi. Koreyaning Pusan shahrida sohil kurashi bo'yicha o'tkazilgan xalqaro turnirda, Rossiya Federaciyasida o'tgan nufuzli musobaqada bosh mukofot sohibi bo'ldi.

Bu g'alabali odimlar bardavom bo'layotgani quvonarli. Umid Esonov kurash bo'yicha kattalar o'rtasida Koreyaning CHunju shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida ham 73 kg vazn toifasida tengsiz ekanini isbotladi.

2022 yilgi mamlakat chempionatida Umid Esonov hamda SHahnoza Bozorova oltin medalga erishishdi. SHuningdek, ular Tojikistonning Dushanbe shahrida o'tkazilgan Osiyo chempionati musobaqasida zafar quchishdi.

CHempionlarning fidoiy ustozi Mamadali Norov 2012 yil “O'zbekiston Respublikasi xalq talimi alochisi”, 2020 yilda “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni hamda 2021 yilda “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

“Oqqan daryo oqaveradi” deyishadi. Navoiy viloyatida kurashga berilayotgan etibor sabab bu zamindan elkasi er ko'rmagan chempionlar, el orini, Vatan shanini himoya qilishga astoydil bel bog'lagan shiddatli pahlavonlar etishib chiqaveradi. Bunga ishonchimiz komil!

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing