26 noy 15:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Topuriya yanvarda jang qilishni rejalashtirmayapti
UFC engil vazn chempioni Iliya Topuriya 2026 yil yanvar oyida jang qilishni rejalashtirmayotganini bildirdi.
"Rostini aytsam, menga UFC tomonidan hech qanday taklif bo'lgani yo'q. Menga birorta jang haqida aytilmadi, demak, hozircha hech qanday variant yo'q", — dedi Topuriya.
Avvalroq gruzin-ispan jangchisi yanvar oyida kamarini himoya qilishi haqida gap-so'zlar tarqalgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar