26 noy 13:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq chempion va ekspert Iliya Topuriyaning navbatdagi raqibi kim bo'lishi kerakligini aytdi
UFC sobiq chempioni Daniel Kormening fikricha, engil vazn chempioni Iliya Topuriyaning keyingi raqibi rossiyalik Arman Carukyan bo'lishi kerak.
"Meningcha, Peddi Pimblett juda qiziqarli jangchi, uni ajoyib kelajak kutmoqda, ammo ishonchim komilki, dunyodagi eng yaxshi ikki engil vazn jangchisi — Arman Carukyan va Iliya Topuriya. Bu endi qandaydir qiyin masala emas.
Peddi Pimblett Iliya kamarni qo'lga kiritgandan keyin oktagonga kirib kelgani esa ortiqcha narsa edi, chunki menimcha, Maykl CHendlerni mag'lub etishi uni davogarga aylantirmaydi", — dedi Korme ESPN efirida.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar