24 may 17:37
Yangiliklar
Boks/MMA
SHlemenko beshinchi bor ota bo'ldi
O'rta vaznda sobiq Bellator chempioni va 2016 yilgi M-1 Gran-Prisi g'olibi Aleksandr SHlemenkoning oilasida beshinchi farzand dunyoga keldi.
Bu haqda sportchining o'zi xabar bergan.
"Bugungi efir quvonchli yangilik borligi uchun, uni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman. Men o'g'illi bo'ldim — endi mening besh nafar farzandim bor. Juda hursandman. SHuningdek, menga bu yo'lda muxlislik qilgan, qo'llab-quvvatlagan barchadan minnaddorman va ularga yaxshi tilaklarimni bildirib qolaman. Farzandlaringizga sog'lik tilayman!".
Malumot o'rnida, Aleksandr SHlemenkoning ikki nafar qiz hamda ikki nafar o'g'il farzandi mavjud bo'lib, qizlarining biri to'qqiz, yana biri besh yoshda. O'g'illari esa sakkiz hamda o'n yoshga to'lgan.
Havola :
Manba : FightTime
Fikrlar