So’nggi yangiliklar

18:20Руслан Абдуллаев филиппинлик тажрибали рақибига қарши жангидан қанча гонорар олгани маълум бўлди 0 17:57"Байер" Алонсонинг "Реал"ни бошқаришни истаётганини билади ва мураббийга тўсқинлик қилмайди 0 17:35Промоутер: "Барчамиз биламиз, у Виржил Ортис билан жанг қилишни хоҳламайди" 0 17:08Осиё чемпионатида муваффақиятли қатнашган курашчиларимиз муносиб тақдирланишди 0 16:43Сирочбек Исмоилов ягона мағлубиятини Шакур Стивенсондан қабул қилиб олган япон боксчисини таслим этди! Уч нафар боксчимиз Кореядаги проф бокс оқшомида жанг қилди 0 16:17"Манчестер Юнайтед" деярли 60 млн евро турадиган футболчига қизиқиш билдирмоқда 0 15:52Хильберто Рамирес кейинги жангини июнь ойида ўтказади, рақиб аниқ 0 15:29Ўзбекистон хоккей терма жамоасининг тарихий Жаҳон чемпионатидаги сўнгги ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:55Мадримовнинг вазнидаги қозоғистонлик боксчи проф фаолиятида илк бор ғалаба қозона олмади 0 14:30"Манчестер Сити" 70 млн евродан ортиқ маблағга португалиялик футболчини ўз сафига қўшиб олиши мумкин 0 14:05Кичик ўсмир боксчиларимиз Осиё чемпионатини иккита ғалаба билан бошлашди. Бугун яна беш нафар вакилимиз рингга чиқади 0 13:42Ўзбекистон чемпион бўлган Жаҳон чемпионатининг IV дивизионида якуний турнир жадвали қай ҳолатда? 0 13:15WBC Гран-приси. Бугун Лазизбек Мулложоновга мухлислик қиламиз 0 12:50"Барселона"да "Реал"га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор 0 12:19Боб Арум: "Ломаченко фаолияти бўйича қарор қабул қилиши керак" 0

16 noy 07:25
Yangiliklar

Dzyudo

SHoadham Isroilov: “Ko'zlangan rejadan og'ishmay harakat qilyapmiz”

“OlympicUz” axborot-tahliliy dasturining navbatdagi mehmoni – O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari SHoadham Isroilov bo'ldi.

“OlympicUz” axborot-tahliliy dasturining navbatdagi mehmoni – O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari SHoadham Isroilov bo'ldi. 

Suhbatdoshimiz bilan federaciya rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan yangi strategiya va uni amalga oshirish mexanizmlari, Toshkentda o'tayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inidan ko'zlangan maqsad, Tokio-2020 Olimpiadasi uchun kimlarda yo'llanma olish imkoniyati borligi haqida suhbatlashdik.

– Mana, federaciyaning yangi rahbariyati faoliyatini boshlaganiga ikki yil to'ldi. Ishni boshlaganda, jamoaning strategiyasi, ish-rejasi bo'lgan. O'tgan davr mobaynida qilgan ishlaringizdan qoniqish paydo bo'ladimi?

– Avvalambor, asosiy tarkibni Olimpiya o'yinlariga tayyorlash, reyting ballarini jamg'arish va shu orqali kattaroq tarkib bilan Tokioga borish reja qilingan edi. SHu sababdan Gran-Pri, Masters va jahon chempionati darajasidagi turnirlarga muvaffaqiyatli qatnashishimiz lozim edi SHarofiddin Lutfullaev o'tgan yili dzyudo vatani Yaponiyada o'tgan jahon chempionatida 2-o'rinni egalladi. Bu anchadan beri O'zbekiston dzyudosida kuzatilmayotgan holat edi. Dyusseldorfda o'tgan Grand-finalda 90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov va 100 kg da Muhammadkarim Xurramov oltin medallarni qo'lga kiritdi. Pandemiyaga qaramasdan, terma jamoa mashg'ulotlarni to'laqonli davom ettiryapti. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi va mamlakat dzyudo federaciyasi rahbariyatiga asosiy tarkibni etarli mashg'ulot olib borishi uchun yaratib bergan sharoiti uchun minnatdorilik bildiraman. Endi imkon qadar mana shu ishonchni oqlashga harakat qilishimiz kerak.

– Terma jamoada xorijlik murabbiy faoliyat yuritayotganiga 11 oy bo'ldi. Bugun terma jamoa bosh murabbiyi, Olimpiya o'yinlari g'olibi, greciyalik afsonaviy chempion Ilias Iliadis polvonlarimizning yaqin do'stiga aylanib qolgan. Ushbu mutaxassis kelgandan so'ng, texnikada qanday o'zgarishlar bo'ldi?

– Darhaqiqat, Ilias sportchilikning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan polvon. Yillar davomida to'plangan ana shu tajribani u bugun sportchilarimizga o'rgatmoqda. Zimmasiga katta masuliyatni olgan, aniq maqsad-vazifalari bor, unga erishaman, deb vada bergan. Hozirda shu yo'nalishda ish olib boryapti.

– SHu kunlarda O'zbekiston dzyudo federaciyasi qoshidagi dzyudo markazida besh davlat terma jamoalari ishtirokida xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini bo'lib o'tmoqda. Bunday yirik hajmdagi mashg'ulot maqsad-mohiyatidan ko'zlangan natija katta. Bu yig'in biz uchun qanchalik foydali bo'lyapti?

– Gruziya, Misr, Qirg'iziston terma jamoalari asosiy tarkibining etakchi sportchilari Ilias Iliadis boshligida polvonlarimiz bilan yuqori ruhda mashg'ulotlarni o'tkazishyapti. Bu xalqaro yig'in O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalariga Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tasa, gruziyalik dzyudochilar CHexiyaning Praga shahri mezbonlik qiladigan Evropa chempionatiga, Misr esa Madagaskarda o'tadigan Afrika chempionatiga taraddud ko'ryapti. Yil oxirida Xorvatiyada o'tadigan “Katta dubulg'a” turniriga tayyorgarlik vazifasini ham o'tab beradi.

– Ayni paytda ayollar terma jamoasi Xorazm viloyatida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishyapti. Odatda ular erkaklar jamoasi bilan musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishardi. Ikkalasining ajratilib mashg'ulotlar olib borilayotganining salbiy tasiri yo'qmi?

– Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati qizlar jamoasiga asosiy sportchilarni etkazib beradigan hududlarimizdan. U erda respublikamizning eng iqtidorli qizlari jam bo'lishgan. Bu borada xavotirimiz yo'q. Ayollar o'rtasida reyting masalasiga kelsak, asosiy tarkibda -52 kg vaznda Diyora Keldiyorova reyting zonasida turibdi, -70 kg da Gulnoza Matniyozova ham shu bosqich uchun harakat qilyapti. Ular hozir o'z natijasini yaxshilash uchun harakat qilishyapti. Agar Gulnoza reyting zonasini kesib o'tsa, 78 kg vaznda ham licenziya olish uchun kvota paydo bo'ladi. SHunda Nodira Yo'ldoshevaning yo'llanma uchun kurashishiga sharoit yaratiladi. Tokio Olimpiadasida birinchi marta jamoaviy bahslarda ham qatnashish uchun ruxsat berishdi. O'zbekiston terma jamoasi azolari ham jamoaviy bahslarda ishtirok eta oladi.

– “Katta Dubulg'a” turkumidagi Budapesht turniridan so'ng Xalqaro dzyudo federaciyasi sportchilarning yangilangan Olimpiada reytingini elon qildi. Gapni reytingga bevosita bog'langanim bejiz emas. Tokio-2020 Olimpiadasi uchun bu juda ham muhim. Qaysi sportchilarimiz imkoniyatini munosib baholay olasiz?

– Musobaqada kamida chorak finalgacha etib borgan vakillarimiz reytingda o'z pog'onalarini ancha yaxshilab olganlariga guvoh bo'lish mumkin. Jumladan, 60 kg vaznda SHarofiddin Lutfillaev 1 pog'ona yuqorilab, uchinchi o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, Sardor Nurillaev o'z o'rnini 5 pog'onaga yaxshiladi. SHarofiddinning reyting ochkolari juda ham yaxshi. 66 kg vaznda muammo bor. Sardorning natijasi biz kutgandek bo'lmayapti. Vengriyada unda katta imkoniyat bor edi. Qanchalik harakat qilmaylik, 3-o'rin uchun kurashda mag'lubiyatga uchrab, 5-o'rinni egalladi. SHunday bo'lsa-da, 360 ochkoni qo'lga kiritdi. 73 kg da Hikmatulla To'raevda yaxshi imkoniyat bor. Yosh, potenciali bor yigit, Parij-2024da ham qatnashishi mumkin bo'lgan polvon. 81 kg vazn toifasida ikkita sportchimiz davogarlik qila oladi. SHarofiddin Boltaboev va Kamoliddin Rasulovdan qaysi birining natijasi yuqori bo'lsa, o'zaro kelishib, Olimpiadaga olib boramiz. 90 kg da Davlat Bobonov Dyusseldorf turnirida oltin medalni qo'lga kiritgan edi, natija ko'rsata oladigan yosh, iqtidorli sportchilarimizdan. 100 kg da Muhammadkarim Xurramovning reyting zonasi ham yomon emas. Budapesht musobaqasida kamchiliklari yaqqol ko'rinib qoldi. +100 kg vaznda Bekmurod Oltiboevda ham shunday holat. Mana shu sportchilar bilan medallar jamg'arishni ham ko'zda tutganmiz.

– Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing