So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

07 jan 12:59
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohasan Mirzamatov: Bu ko'cha emas, xohlasang urish, xohlamasang urishma, deydigan

SHohasan Mirzamatov jangining bekor bo'lganiga izoh berdi.

Xabaringiz bor, MPL 7 turnirining markaziy to'qnashuvi sifatida elon qilingan SHohasan Mirzamatov-Hamzat CHapanov bahsi bekor qilindi. Hamyurtimiz esa mazkur holatga izoh berdi: 

«Jangga tayyorgarlik alo darajada bo'lgan edi. 2-3 kun qolganda menga Hamzatni 77 kgga vazn qila olmaydi, deb aytishdi. Jang ancha oldin elon qilingan, ko'pchilik bundan xabardor bo'lgani uchun bahs bekor bo'lmasin deb 80 kgga rozilik bildirdim. Bugun ertalab tarozidan o'tdim 80 kgga. U esa shu 80 kgga ham vazn bajara olmayapti. 400-500 gramm haqida gapiryapti, bu yoqda 3 kgni gapirmayapti. Vazn o'lchashdan keyin ham suv ichib yuribdi, bu professional sportchi uchun juda xunuk ko'rinadi. Bu raqibga bo'lgan hurmatsizlik. Biz har doim barcha raqiblarimizni hurmat qilganmiz, tarozdian doim to'g'ri o'tganman, shunchasiga yordam beringlar deb raqib yoki uning jamoasi bilan kelishib olmaganman. Har doim belgilangan vazn meyorini bajarganman. U menga xohlasang urish, xohlamasang urishma, deyapti. Bu professional sportchini gapi emas, bu ko'cha emas, xohlasang urish xohlamasang urishma deydigan. U markaziy jangligi uchun ham rozi bo'ladi deb o'yladi. Ha, hattto masalahatlashmasdan rozi bo'ldim 80 kgda jang qilishga, keyin buyoqda gapirishdi, belgilangan vaznni bajarsin deb. Bizni hurmat qilmadimi, biz ham unga xuddi shunday hurmatsizlik bilan qaradik. 

Liga hech qachon hech kimni majburlab nimadir qildirmaydi. CHunki ertaga nimadir holat bo'ladigan bo'lsa, sizlar aytganingiz uchun jang qilgandim, mana endi vaziyat bunaqa bo'ldi, deb aytolmaysiz. Men barchasiga to'g'ri qaradim, 80 kg deyishdi, shu vaznga rozi bo'ldim. Noyabrni oxirida bu bahsga ikkalamiz ham rozilik bildirganmiz. U esa 20 kun oldin jang qildim, u-bu deyapti. Qachon, qaerda oktagonga chiqqan, bu endi meni emas, uning muammosi. Uni rostdan jang qilish niyati bo'lsa vazn qilishi kerak. Urishgisi kelmadimi, qanaqa holat bo'ldi, to'g'risi o'zim ham tushunmadim.

Men 77 kgda kamar uchun kim davogar bo'lsa, nechanchi turnirda bo'lsa ham hammasini muddatidan oldin enggaman. Bu katta gapirish emas. O'zimni imkoniyatimni, tayyorgarligimni o'zim yaxshi bilaman va o'zimga ishonaman», - dedi Mirzamatov olamsport.com saytiga bergan intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing