17 iyu 22:43
Yangiliklar
SHohasan Mirzamatov Octagon 47 turnirida 41 yoshli eronlik "engilmas" jangchi bilan to'qnash keladi
Mazkur musobaqada yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik jangchi - SHohasan Mirzamatov (9-2) ham oktagonga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik. Hamyurtimizga o'sha kuni kim raqiblik qilishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, Mirzamatov eronlik Akbar Azadi-Far (4-0) bilan to'qnash keladi.
Azadi-Far uchun bu Octagon ligasidagi dastlabki jang bo'ladi. 41 yoshli sportchi so'nggi jangini 2021 yil 4 fevral kuni debyutant Orxan Abbasovga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan.
SHohasan Mirzamatov esa ohirgi jangini o'tgan yilning may oyida, MPL 5 turnirida O'rta Osiyoning ko'zga ko'ringan jangchilaridan biri - Edil Esengulovga qarshi o'tkazib, mag'lub bo'lgan edi.
SHuningdek, Octagon 47 turnirida yana bir o'zbekistonlik - Nizomiddin Isroilov (3-3) Qozog'iston vakili Nurbek Tajibaev (5-2) bilan jang qiladi.
Fikrlar