11 may 23:31
Yangiliklar

SHohasan Mirzamatov qirg'izistonlik sportchi bilan jang qildi va boshqacha nokaut qayd etdi
Yarim o'rta vazn toifasida tashkil etilgan bellashuvda O'zbekistonning eng mashhur MMA jangchilaridan biri bo'lmish SHohasan Mirzamatov oktagonga ko'tarildi. Aslida, Toshkentdagi turnirda Mirzamatovga eronlik sobiq raqibi Farzad Gaderi raqib bo'lishi kerak edi, lekin nomalum sabablarga ko'ra, jangga bir kun qolganida SHohasan qirg'izistonlik Abilkassim Yakubov bilan jang qilishi malum bo'ldi.
3 raundlik jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Mirzamatov raqibini oyoqdagi birgina kuchli zarbasi bilan erga qulatdi va texnik nokautga uchratdi.
SHunday qilib, 34 yoshli andijonlik SHohasan faoliyatidagi 19-jangida 15-g'alabasini nishonladi. Yakubovning hisobida esa endi 12 ta g'alaba va 12 ta mag'lubiyat bor.
Fikrlar