06 jan 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov: U kerakli vazn qilmasdan turib, raqibni hurmat qilmasdan vazn yig'ishni boshladi
SHohasan Mirzamatov Xamzat CHapanovga qarshi bekor bo'lgan jangiga munosabat bildirdi.
«SHu holatda ham unga qarshi jang qilishga tayyor edim. Biroq u vazn qila olmaganidan so'ng raqibni hurmat ham qilmadi. Men professional jangchiman va men professional ligada oktagonga ko'tarilaman. Bu erda xohlasang urush, xohlasang urushma degan tushuncha yo'q. U kerakli vazn qilmasdan turib, raqibni hurmat qilmasdan vazn yig'ishni boshladi. SHundan so'ng men tezda vazn qilsa urishaman yoki boshqa joyda jang qilaversin. U meni o'zimga ham bir necha bor xohlasang urush, xohlasang urushma degan gaplarni qildi. Biz professionalmiz va shunga yarasha harakat qilishimiz lozim»,-dedi Mirzamatov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar