11 avg 18:32
Yangiliklar
SHohasan Mirzamatovni yana jangga chorlashdi, bu chempionlik jangi bo'lishi mumkin!
Avvalroq, yarim o'rta vazn toifasida Octagon ligasi chempioni Magomed Magomedov o'z chempionlik kamarini vakant qoldirgan edi. Malum bo'lishicha, liga mazkur kamar uchun Georgiy Kichigin hamda SHohasan Mirzamatov jang qilishini istamoqda.
"Liga bizga SHohasan bilan chempionlik jangini taklif qildi, chunki Magomedov ketdi. Lekin Mirzamatov qochyapti va bu jangni qabul qilmayapti. SHunday muxlislar auditoriyasiga ega insonning haqiqiy qo'rqoq ekani kulgili. Eronlik "jangchi"ni esa mening shogirtlarim ham enga oladi. Agar Mirzamatovda "dux" bo'lmasa, menga istalgan jangchini bering, men shu kamarni qo'lga kiritishni xohlayman!", - deya SHohasan va liga rahbariyatiga murojaat qildi Georiy Kichigin.
Malumot uchun, Georgiy Kichigin so'nggi bor 27 may kuni Octagon 45 musobaqasi doirasida braziliyalik Nilson Oliveyra bilan jang qilib, zafar quchgan edi. U faoliyati davomida ACA, ONE FC kabi ligalarda jang qilgan.
Fikrlar