13 apr 15:53
Yangiliklar

SHohjahon Abdullaev va yana bir bokschimiz prof boksda jang o'tkazadi. Bu safargi manzil - Vengriya!
Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki nafar o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari — SHohjahon Abdullaev hamda Komronbek Turg'unboev ham ringga ko'tariladi.
Og'ir vazn toifasidagi 22 yoshli Abdullevga Venesuela vakili Ivan Matyut raqiblik qilsa, 21 yashar Turg'unboev moldovalik Ivan Petrovga qarshi ringga ko'tariladi.
Bu SHohjahon Abdullaev uchun prof boksdagi to'rtinchi jang bo'ladi. U bundan avvalgi janglarining barchasida raqiblaridan ustun kelgandi. Abdullaevning bo'lajak raqibi — 31 yashar Matyut hisobida esa 31 g'alaba, 20 ta mag'lubiyat va 2 durang bor.
Yarim o'rta vaznli Komronbek esa 2023 yilda prof boksda debyut qilib, Bogdan Utegenovni mag'lub etgandi. Petrov (7-16-2)ga qarshi jang hamyurtimiz uchun professional faoliyatidagi ikkinchisi bo'ladi.
Fikrlar