So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

22 mar 09:40
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashev 28 mart kuni kamar uchun jang qilishi mumkin

Teglar :  SHohjahon Ergashev
Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq davogar SHohjahon Ergashevning 28 mart kuni navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.

CHarm qo'lqop ustamiz shu kuni AQSHning Michigan shtati, Detroyt shahrida tashkil etiladigan DAZN hamda Salita Promotions hamkorligidagi prof boks oqshomida panamalik Xuan Xuertasga qarshi ringga ko'tariladi. 

"Allohga shukur, mashg'ulotlarni jarohatlarsiz, yaxshi kayfiyatda yakunladim. Endi bor etiborimni vazn  tashlashga qarataman. Jangga bir hafta qolgan bir paytda menda taxminan 8-9 kg ortiqcha vazn bor. O'tgan jangimda 17 kg vazn tashlashimga to'g'ri kelgandi. Bu safar nisbatan osonroq bo'ladi. 

Reja bo'yicha uch kundan keyin jamoam bilan birga Detroytga uchib ketamiz. Sizlarga kichik yangiligim bor. Xushxabar desa ham bo'ladi. Hozir promouter va menejerlarim bo'lajak jangni kamar uchun o'tkazish bo'yicha ish olib borishyapti. Duo qilib turinglar, agar hammasi biz o'ylaganchalik bo'lsa, 28 mart kuni ikkinchi darajali kamar uchun ringga chiqaman. 

SHu o'rinda Amerikadagi, xususan Michigan shtatida istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimizga murojaat qilmoqchiman. 28 mart kungi jangda kelib qo'llab- quvvatlasanglar, bundan juda ham xurmand bo'lar edim", - dedi Ergashev. 

Malumot uchun, Xuan Xuertas faoliyati davomida 22 ta jang o'tkazib, 17 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan. G'alabalarining 13 tasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing