03 okt 09:25
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev davogarlar jangida ringga ko'tariladi
Ayni paytda IBF reytingida 4-o'rinni egallab turgan charm qo'lqop ustamiz ushbu kamar uchun davogarlar, yani eliminator jangida ringga chiqadi. SHu kunlarda raqib nomiga oydinlik kiritiladi. Salita promouterlik kompaniya ushbu jang tashkilotchiligi ustida ishlayapti. Bu haqida bokschimizning o'zi saytimizga xabar berdi.
"Tez kunlarda katta yangilik bo'ladi. IBF kamari hozir vakant bo'lib turibdi. Navbatdagi jangim eliminator maqomida bo'lishi kerak. Promouter va menejerlarim bu bo'yicha ishlashyapti", - dedi Egrashev olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev so'nggi jangini AQSHning Texas shtati Detroyt shahrida tashkil etilgan prof boks oqshomida meksikalik Anxel Martines Ernandesga qarshi o'tkazib, raqibini 5-raundda texnik nokautga uchratgan edi. Ushbu bahs oqshomning markaziy jangi edi.
Fikrlar