26 may 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev ertangi jangi oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev (21-0-0, 19 KO) bizning vaqt bilan ertaga AQSHda navbatdagi jangini o'tkazadi.
"Salita Promotions" kompaniyasi bilan munosabatlarini tiklab olgan professional bokschimiz Michigan shtati Dirborn shahridagi "Ford Community Center" arenada argentinalik Luis Alberto Veronga (19-3-2, 9KO) qarshi ringga ko'tariladi.
Ananaga ko'ra, bokschilar ertangi jang oldidan tarozidan o'tish hamda o'zaro Face to Face, yani ko'z urishtirish marosimlarida ishtirok etishdi. Ergashev tarozida 64, Veron esa 65 kg vazn qayd etgan. Avvalroq SHohjahonga ertangi jangda Burkina-Faso vakili Issuf Kinda raqiblik qilishi aytilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar