02 mar 01:05
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev Jek Ketterolga qarshi IBF Eliminator jangini o'tkazishi mumkin
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) o'zbekistonlik professional bokschi SHohjahon Ergashev (23-0) britaniyalik Jek Ketterolga (26-1) qarshi IBF Eliminator jangida ringga ko'tarilishi mumkin. IBF har ikki bokschiga bu borada taklif yuborgan.
Malumotga tayanadigan bo'lsak, har ikki bokschi uch kun ichida o'z javobini IBF'ga taqdim etishi shart.
SHohjahon Ergashevning Olamsport.com saytiga malum qilishicha, Jek Ketterol u bilan jang qilishni istamayapti:
"Jek rozi bo'lmayapti. Biz allaqachon roziligimiz ifodasi sifatida hujjatga imzo qo'yib, tashkilotga jo'natdik. Farqi yo'q, kim bilan bo'lsa ham jang qilaveraman. Agar Jek tushmasa, boshqa raqibni beradi. Hech kim jang qilmagan taqdirda, balki to'g'ridan-to'g'ri chempionga qarshi ringga ko'tarilarman. Kuchli o'ntalikdagi hech kim men bilan jang qilishni istamayapti".
Super engil vazn toifasida (63,5 kg) IBF chempionlik kamari ayni damda puerto-rikolik Sabriel Matiasga tegishli bo'lib turibdi.
Fikrlar