03 jan 10:09
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev keyingi jangini qachon o'tkazishini aytdi, u treyderlik bo'yicha savollarga ham izoh berdi
"Mashg'ulotlarni davom ettiryapman. Tayyorgarlik ko'ryapmiz. Yanvar oyining oxiri yoki fevral oyi boshida jang qilamiz", deya muxlisining savoliga Instagram sahifasida javob qaytardi 33 yoshli bokschi.
SHuningdek, IBF kamari uchun sobiq davogar bokschimiz muxlislarning treyderlik borasidagi savoliga quyidagicha javob berdi: "Treyderlik bilan shunchaki bekorchi vaqtimda shug'ullanaman, bokschi ham faqat ertalabdan kechgacha mashg'ulot qilmaydi. Ortiqcha pul ziyon qilmaydi-ku!".
Malumot uchun, Farg'ona viloyatida tug'ilgan bokschimiz shu kunga qadar professional faoliyati davomida 26 ta jang o'tkazib, 24 ta g'alaba (21 ta KO) va 2 mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 2024 yilning iyul oyida amerikalik Julian Smitga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Fikrlar