08 mar 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev may oyida ringga chiqishiga ishora qildi + FAKT
SHohjahon Ergashev navbatdagi jangi may oyida bo'lishi mumkinligini malum qildi.
Birinchi yarimo'rta vaznda o'zbekistonlik professional boks ustasi SHohjahon Ergashev (23-0) Instagram tarmog'idagi rasmiy sahifasi orqali navbatdagi jangi may oyida bo'lishi mumkinligiga ishora qildi.
"Uch oy tayyorgarlikdan so'ng jangim may oyida bo'lishini bilganimdan so'ng)", - deya suratni izohlagan Ergashev.
Hamyurtimiz hozircha raqib nomi va jang maqomi haqida malumot bermagan. Ergashev yanvar oyida muxlislarining "Jang qachon?" qabilidagi savoliga "Fevral oyida", - deya javob bergani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak.
Avvalroq, IBF Ergashev va britaniyalik Jek Ketterolga Eliminator jangi uchun rasmiy taklif yuborgani haqida xabar bergan edik.
Havola :
Fikrlar