So’nggi yangiliklar

18:56Карлуш Кейруш мураббийлигидаги Ўмон CAFA турнири учун таркибини эълон қилди 0 18:35Холланд, Вера, Захаби ва бошқалар Ванкувердаги UFC Fight Night 262 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 18:14Ига Свёнтек янгиланган рейтингда дунёнинг иккинчи ракеткасига айланди, бизникиларнинг ярми кўтарилди 0 17:53Contender Series`нинг барча ғолиблари UFC`дан шартнома олишди 0 17:32ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда 0 17:11Тошкентда гандбол бўйича Осиё чемпионати бошланмоқда 0 16:50Хабиб "Йил мураббийи" бўлиши мумкин 0 16:29"Яхши учрашув бўлди" — Нурсултон Рўзибоев менежери билан кўришди 0 16:08Пеп Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди 0 15:47Дю Плессининг мураббийи: "Реваншда Хамзат Чимаевни йўқ қилиб ташлашни истайман" 0 15:26Диёра Келдиёрова: "Ҳаётдаги энг катта икки ютуғим шу битта суратда" 0 15:05Махачев спарринг шеригини нокаутга учратгани акс этган видео тарқалди (ВИДЕО) 0 14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0

04 iyu 17:32
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon Ergashev: “Men hozir 17 emas, 24 yoshdaman”

Teglar :  BoksSHohjahonMoskva
Olimpiya yilida professonal bokschilarimizning g'alabalari ham salmoqli bo'lmoqda. Ular orasida, ayniqsa, xorijda faoliyat olib borayotgan charm qo'lqop ustalarimiz alohida ahamiyat kasb etayapti.

Ularning aksariyati havaskor boksda etiborli natijalarga ega bo'lib, niyatlari ham shunga monandir. Kezi kelganda takidlash kerak ular orasida SHohjahon Ergashev ham muxlislarni juda qiziqtirib qo'ydi. Boisi,  farg'onalik sportchimiz qisqa muddat ichida beshta jang o'tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g'alabaga erishdi. Ustiga ustak, uning 17 yoshda deya xabarlar berilayotgani unga bo'lgan etiborning yanada ortishiga xizmat qilgan bo'lsa ne ajab. Hamyurtimiz so'nggi janggini 24 iyun kuni mezbonlardan biri Dmitriy Antipovga qarshi o'tkazib, birinchi raundning o'zida raqibini nokautga uchratdi. Ropqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi shu kunlarda Moskva shahrida mashg'ulot olib borayotgan bo'lib, bizga, yani olamsport.com sayti uchun telefon orqali intervyu berdi.


- Hozirda Moskvadagi “Grand Plyus Boec” klubida navbatdagi jangimga tayyorlanyapman. Bo'lajak raqibim ham aniq bo'lgan. U shu paytga qadar 45 ta jang o'tkazgan latviyalik Ivans Leviskisdir. Yaqin kunlarda u bilan Finlandiyada 8 raundlik jang o'tkazaman.

- Nega juda ham qisqa muddatda yana ringga chiqyapsiz?

-Murabbiy va menejerlarim bilan kelishgan holda shunday to'xtamga keldik. CHunki, beshinchi jangimda ham birinchi raundning boshidayoq g'alabaga erishdim. Hozirda  yaxshi sport formasidaman.


-Mashg'ulotlarda nimalarga ko'proq etibor qaratayapsiz?

-Bo'lajak jang uchun hozirda bir necha rossiyalik bokschilar bilan birga sparring o'tkazyapman. Umuman olganda esa ko'proq jismoniy xolatga etibor qaratayapman. Bu professonal boks uchun juda ham muhim.



- Xabarlarga qaraganda yangi shartnoma tuzibsiz?

- Ochig'i, hozirga qadar biror bir promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolamagandim. Muvaffaqiyatli janglar orqali o'z o'rnimga ega bo'la boshlagach, Rossiya, AQSH, CHexiya kabi davlat promouterlik kompaniyalaridan takliflar tusha boshladi. Ularni menejerim Oleg Bogdanov bilan o'rganib chiqib, AQSHning “Salita Boxing Promoutions” kompaniyasi bilan 3 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladik.


- Demak, bundan buyon okean ortida faoliyatingizni davom ettirar ekansizda?

- Nasib qilsa, Finlandiyada ham zafar kuchib, Nyu-Yorkka boramiz. Bilasiz, Amerika hozirda professonal boksning “qozoni”. O'z kuchimni aynan katta qozonda sinab ko'rish istagim bor. Rejaga ko'ra u erda kuchliroq raqiblar bilan ikki-uchta sakkiz raundlik janglar o'tkazib, so'ng chempionlik unvoni uchun ringga chiqmoqchiman.


- SHohjahon, hozirga qadar barcha janglarda muddatidan avval g'alabaga erishdingiz. Bu bilan siz doim shunday bo'ladi, degan fikrga ega bo'lib qolmayapsizmi?

- Yo'q. Ustozim O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy Rustam Majidov doimo mashg'ulot va raqibga o'ta jiddiy munosabatda bo'lish kerakligini yoshligimdan o'rgatganlar. Bu g'alabalar ana shu fikr va tayyorgarliklar samarasi deb o'ylayman. Murabbiyim mehnatni jangdan avval qilib, ringga chiqqanda dam olishing kerak derdilar. SHu bois hozir ham sparring raqiblar bilan 16-18 raund ishlayman. Tayyorgarlikda kuchga alohida etibor qarataman. Qatiy reja asosida faoliyat olib boryapman.


- 17 yoshli yigit uchun bu og'ir emasmi?

- (Kulib) Juda ham kerakli savolni berdingiz. Fursatdan foydalanib, shunga aniqlik kiritib o'tishim kerak. Men haqimdagi 17 yoshli bokschi deya xato malumotlar berilyapti. Yo'q, men hozir 17 emas, 24 yoshdaman. 1992 yili Farg'ona viloyati Beshariq tumani Ropqon qishlog'ida tug'ilganman.

- Boks bilan necha yoshingizdan shug'ullanasiz?

- 14 yoshimdan. Dastlab futbolga borardim.U paytlar qishloqda yopiq zal yo'qligidan Rustam aka boks mashg'ulotlarini stadionda o'tkazardi. O'z-o'zidan ularni ko'rib yurib, boksga mehrim tushib qoldi. SHu erda bir narsani aytishim kerak, oilada uch qiz va bir o'g'il bo'lsakda, sho'xroq edim. Bu va albatta, dadamning menga yaratib bergan sharoitlari, etibori qo'l keldi. Har kuni ertalab 10-15 km yugurardim. Dadam esa velosipedda ortimdan yurardi.Qolaversa, bizning Ropqonda O'zbekistonning eng zo'r o'riklari etishtiriladi. Yoshlikdan o'rik eb, uning sharbatini ichib, katta bo'ldik. Bilasiz, o'rik yurakni baquvvat qiladi. Boksda esa dovyuraklik juda ham zarur. Keyinchalik qishlog'imizda ham Bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan zamonaviy sport majmualari barpo etildi. Bu ham bizning o'zimizga bo'lgan ishonchni yanada orttirdi. Endilikda O'zbekiston bayrog'i ostida katta maqsadlar bilan intilyapmiz.

 


-SHohjahon, havaskor boksda qanday natijalarga erishgansiz?

- 2011 yili Jizzaxda o'tgan mamlakat chempionatida g'olib bo'lganman. Keyin terma jamoa tarkibida xalqaro musobaqa va yig'inlarda qatnashib yurdim. Mashg'ulotlarni Respublika olimpiya zaxiralari kolleji boks zalida kuchli mutaxassislardan biri Mansur aka Mahmudov rahbarligida ham davom ettirdim. Havaskor boks ko'proq sportchidan juda katta tezlikni talab qilgani bois mening uslubimga ungaunchalik to'g'ri kelmadi. SHu bois ustozim Rustam Majidovning maslahati bilan 2015 yildan professional boksga o'tdim. Maqsadim, professional boksda chempionlik unvonlariga ega bo'lish.

-Samimiy suhbatingiz uchun rahmat!

- Sizga ham tashakkur.


Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing