01 okt 17:32
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshladi + FOTO
Mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ayni paytda AQSHning Mayami shahrida mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.
SHohjahon Ergashevning bizga xabar berishicha, uning murabbiylar shtabida yangi mutaxassis ish boshlagan. Jovidbek Karimov bokschimizning jismoniy tayyorgarligiga masul bo'ladi.
"Tez kunda Jovidbek Karimov Mayamiga etib keladi. AQSHga kelishim oldidan ular bilan birgalikda jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazdik. Bu mutaxassis murabbiylarim shtabidan o'rin oladi", - dedi SHohjahon Ergashev olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar