12 dek 13:26
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev: Sizlarning xohishingizga ergashib, promouterimni sudga berdim
Prof bokschimiz SHohjahon Ergashev nokautli rekordini yangilashda davom etmoqda.
SHohjahon tailandlik raqibini nokautga uchratganidan so'ng ko'pchilik boks muxlislarining savollariga javob qaytardi.
«Bundan keyingi janglarda ham bayrog'imizni baland ko'tarishga harakat qilaman. Ko'pchilik menga savol beradi. Hammaga birma-bir aytib chiqishning iloji yo'q. Hozir fursatdan foydalanib barchaga aytaman: hali menda hammasi oldinda. Promouterim bilan sud jarayonlari davom etmoqda. O'sha siz xohlaydigan jahon chempionligi uchun jang qilishni men ham istayman. Bir yarim yil dunyoning kuchli o'ntaligida bo'ldim. Ular menga chempionlik jangi tashkil qilishlari kerak edi. Sizlarning xohishingizga ergashib, men promouterimni sudga berdim. Bu haqida internetdan malumot olishingiz mumkin. Meni hali boksda qiladigan ishlarim ko'p», - dedi Ergashev.
Fikrlar