28 dek 21:14
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev: "Umid qilamanki, bu uzoq kutilgan jang 2023 yilda Toshkentda bo'ladi" + POSTER
O'zbekistonlik professional boks ustalari — SHohjahon Ergashev (23-0) va SHahram G'iyosov (13-0)ning 2023 yilda Toshkentda jang qilishi mumkin. Aniqrog'i, ayni damda Mayami (AQSH)da navbatdagi jangiga tayyorgarlik olib borayotgan SHohjahon Ergashev o'zining Instagram tarmog'iga o'z jamoasi tomonidan yasalgan norasmiy posterni joylashtirgan.
"Men umid qilamanki, bu qonli jang 2023 yilda bo'ladi. Bilaman, bu faoliyatimdagi oson janglardan biri bo'ladi", - deya mazkur postni izohlagan Ergashev.
SHohjahon Ergashev so'nggi bor 10 avgust kuni Detroit (AQSH)da tashkillashtirilgan boks oqshomi doirasida meksikalik Anxel Martines Ernandes (14-2-2)ga qarshi jang qilib, muddatidan avval g'alaba qozongan edi. SHahram G'iyosov esa so'nggi jangini 7 may kuni Las-Vegas (AQSH)da tashkil etilgan Bivol - Saul Alvares boks oqshomi doirasida meksikalik Kristian Gomes (22-2-1)ga qarshi o'tkazib, hakamlarning qarori bilan g'olib bo'lgan edi va vakant bo'lib turgan SHimoliy Amerika IBF kamarini qo'lga kiritgan edi.
SHohjahon Ergashev va SHahram G'iyosovlarning Olamsport.com saytiga bergan intervyularini tomosha qiling!
Fikrlar